Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Shahboz Umarov «Bunyodkor»ga o‘tgach, milliy jamoa bilan JCHga bora oladimi? Futbol agenti javob berdi

Shahboz Umarov «Bunyodkor»ga o‘tgach, milliy jamoa bilan JCHga bora oladimi? Futbol agenti javob berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan rossiyalik skaut Nikolay Yegorichev «Tobol» klubining sobiq futbolchisi Shahboz Umarovning «Bunyodkor»ga o‘tganidan keyin milliy jamoaga qaytish ehtimolini baholadi, deb xabar beradi Sports.kz ASnews.kz’ga tayanib.

«Bunyodkor»ga o‘tishi bilan Umarovning vaziyati jiddiy o‘zgarib ketmaydi. O‘zbekiston terma jamoasida vinger pozisiyasida — ham o‘ngda, ham chapda — tanlov juda katta. Umarov asosiy da’vogarlar guruhiga kirmaydi. Quyidagi futbolchilar yuqoriroq baholanadi: Oston O‘runov, Abbos Fayzullayev, Hojimat Erkinov, Ruslanbek Jiyanov, Alisher Odilov, Jaloliddin Masharipov.

Bundan tashqari, "Bunyodkor" hozir O‘zbekiston chempionati mezonlari bo‘yicha top-klub hisoblanmaydi. O‘tgan mavsumda jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi. "Bunyodkor"dan terma jamoaga futbolchilar juda kam chaqiriladi — bunday so‘nggi misol Odil Hamrobekov bo‘lgan, u keyinchalik Eronning "Traktor" klubiga o‘tgan. Asosan terma jamoaga chet elda to‘p surayotgan futbolchilar yoki mamlakatning yetakchi klublari — "Paxtakor", "Nasaf" va "Neftchi" vakillari chaqiriladi. O‘tgan mavsum yakunida ham aynan shu uch klub birinchi uch o‘rinni egallagan», — dedi Yegorichev.

Mutaxassis, shuningdek, terma jamoaning yangi bosh murabbiyi omilini ham ta’kidladi.

«Shuni ham inobatga olish kerakki, Umarov ancha vaqtdan beri terma jamoaga chaqirilmagan, hozirgi bosh murabbiy — Fabio Kannavaro. Shahbozni esa u deyarli bilmaydi. U so‘nggi bor ikki yil avval, Osiyo Kubogiga, avvalgi bosh murabbiy Srechko Katanas davrida chaqirilgan edi. Kannavaroning uzoq vaqt terma jamoada o‘ynamagan futbolchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yoki hatto tayyorgarlik jarayoniga chaqirishi ehtimoli juda past.

Shahboz Umarovning jahon chempionatiga borish imkoniyati baribir bor, ammo buning uchun u 2026 yil mavsumining birinchi qismini juda ishonchli va samarali o‘tkazishi shart. Biroq natijadorlikning o‘zi ham chaqiruv kafolati emas. Yorqin misol — OKMKda o‘ynagan, hozir esa "Neftchi"ga o‘tgan vinger Xurshid G‘iyosov. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 o‘yinda 12+11 (gol+pas) ko‘rsatkich qayd etgan, chempionatning eng samarali futbolchilaridan biri bo‘lgan, ammo baribir terma jamoaga chaqirilmagan», — deya so‘zini yakunladi Yegorichev.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Umarov muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va jahon chempionati oldidan forma to‘plash maqsadida Qozog‘iston premyer-ligasini tark etib, Vatanga qaytdi. 2025 yil mavsumining birinchi yarmini u «Turon» safida o‘tkazib, 10 o‘yinda 1 gol va 3 assist qayd etgan, shundan keyin esa Qo‘stanayning «Tobol» klubi asosiy tarkibida mustahkam joy egallamadi.

Qozog‘istondagi eng muvaffaqiyatli davrini Shahboz «Ordabasi» tarkibida (2022–2024) o‘tkazib, jamoa bilan mamlakat chempioniga aylangan. Futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida 5 ta o‘yinda ishtirok etgan. Terma jamoa o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan. Turnir joriy yil yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:14, 11.01.2026.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.