Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manba: "Barselona", "Inter", "PSJ" va "Yuventus" Batrakovga qiziqish bildirmoqda

Manba: "Barselona", "Inter", "PSJ" va "Yuventus" Batrakovga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga "Barselona", "Inter", "PSJ" va "Yuventus" shuningdek, "Monako" va "Portu" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "temiryo‘lchilar" 20 yoshli xavbek bilan 35-40 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.

Rossiyalikning "Lokomotiv" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

7 yanvar kuni Batrakovning agenti so‘nggi paytlarda xavbekka boshqa klublardan qiziqish yo‘qligini aytgandi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. U "Loko" safida jami 66 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:41, 11.01.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.