Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Nemanya Chalasan: «Har doim eng yuqori maqsadlar qo‘yiladi. Yakunda biz xursand bo‘lamiz»

Nemanya Chalasan: «Har doim eng yuqori maqsadlar qo‘yiladi. Yakunda biz xursand bo‘lamiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «Andijon» klubiga taklif qilingan yangi futbolchilar orasida serbiyalik tajribali himoyachi Nemanya Chalasan ham bor.

29 yoshli legioner «Burgutlar»ning Antaliyadagi yig‘inida ishtirok etyapti va muxlislarning ham undan umidi katta. Chalasan ilk bor klub matbuot xizmatiga fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Nemanya, sizni jamoamizda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz. Nima uchun «Andijon»ni tanladingiz?
— Rostini aytsam, meni «Andijon»ga qo‘shilishimga bosh murabbiy sabab bo‘ldi. U meni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotganini his qildim. Shuningdek, avval ham menga qo‘ng‘iroq qilgandi. Biroq o‘sha paytda birga ishlash nasib qilmadi. Men uni murabbiy sifatida ham juda hurmat qilaman. Chunki u o‘zbek futbolini rivoji uchun katta ish qilgan. Ikkinchi sabab — bu muxlislar. Men ularning eng sadoqatli ekanini ko‘rdim.

— Jamoada sizdan nima kutishyapti, deb o‘ylaysiz?
— Mendan to‘liq kuch bilan harakat qilishimni va jamoaga yordam berishimni kutishyapti.

— «Andijon» — bu siz uchun bir so‘z bilan nimani anglatadi?
— Katta klub.

— Sizni futbolchi sifatida kim ilhomlantiradi?
— Nemanya Vidich.

— «Andijon»dagi faoliyatingiz tarixga muhrlanishi uchun uni qanday yozmoqchisiz?
— Har doim eng yuqori maqsadlar qo‘yiladi. Yakunda biz xursand bo‘lamiz.

— O‘zbekiston chempionatida ilk bor ishtirok etyapsiz. Lekin siz chempionatimiz haqida eshitgansiz. Bu borada nima deya olasiz?
— O‘ylaymanki, O‘zbekistonda futbol yaxshi rivojlanyapti. Bu borada mamlakat ham yanada taraqqiy etib boryapti.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:00, 12.01.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик