Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

U-23 Osiyo kubogi: Mezbon Saudiya chorak finalga chiqa olmadi

U-23 Osiyo kubogi: Mezbon Saudiya chorak finalga chiqa olmadi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi U-23 Osiyo Kubogining “A” guruhi uchrashuvlari yakunlandi. Guruh bosqichi natijalariga ko‘ra, Vyetnam va Iordaniya U-23 terma jamoalari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Iordaniya Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 33-daqiqada Ali Al-Aziziy tomonidan kiritildi. Shu tariqa iordaniyaliklar ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 2-o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Bu bosqichda Iordaniyaga «B» guruhi g‘olibi Yaponiya U-23 terma jamoasi raqiblik qiladi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni Vyetnamga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:0 hisobida vyetnamliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 64-daqiqada Nguyen Din Bak gol urib, jamoasiga g‘alaba va 3 ochko taqdim etdi. Shu tariqa “A” guruhi peshqadami sifatida chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Vyetnam «B» guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi.

Saudiya Arabistoni va barcha o‘yinda mag‘lub bo‘lgan Qirg‘iz Respublikasi U-23 terma jamoalari musobaqa bilan xayrlashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 3-tur uchrashuvini bugun, 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. Mazkur bahsdagi g‘alaba yoki durang natija evaziga O‘zbekiston U-23 terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Jamoa mag‘lub bo‘lganda esa Livan U-23 terma jamoasi Eron ustidan g‘alaba qozonishi yoki uchrashuvni durang bilan yakunlashi talab etiladi.

Musobaqada 16 jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Musobaqada 2003 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi qatnashmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:20, 13.01.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик