Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Madrimov, G‘iyosov va Ahmadaliyev dunyoning eng yaxshi bokschilari qatorida — ESPN

Madrimov, G‘iyosov va Ahmadaliyev dunyoning eng yaxshi bokschilari qatorida — ESPN

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Amerikaning ESPN portali professional boks bo‘yicha barcha vazn toifalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar — Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev o‘z vazn toifalarida kuchli o‘nlikdan joy olgan.

Birinchi yarim yengil vazn:

Murodjon Ahmadaliyev (14-2) — 3-o‘rin

30 yoshli Ahmadaliyev 2025 yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Naoya Inoue bilan to‘qnash keldi. Mutlaq Jahon chempionligi uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik sportchi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergan.

Yarim o‘rta vazn:

Shahram G‘iyosov (17-0) — 6-o‘rin

G‘iyosov 2025 yilning 13 aprel kuni argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tarilgan va 4-raundda raqibini nokautga uchratgan edi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi navbatdagi jangini yarim o‘rta vazn toifasida WBA (Jahon boks assosiasiyasi) chempionlik kamari sohibi Rolando Romeroga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Super yarim o‘rta vazn:

Isroil Madrimov (10-2) — 5-o‘rin

Madrimov so‘nggi bor 2025 yilning 23 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomi doirasida super yarim o‘rta vazn toifasida WBC Interim chempioni amerikalik Verjil Ortis Juniorga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.

O‘zbekistonlik sobiq Jahon chempioni navbatdagi jangini 2026 yil 25 yanvar kuni AQSHning Las Vegas shahrida joylashgan “Fontainebleau” majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomida Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazarga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, Oleksandr Usik (Ukraina), Naoya Inoue (Yaponiya), Dmitri Bivol (Rossiya), Saul Alvares (Meksika), Verjil Ortis, Devin Heyni, Teofimo Lopes va Shakur Stivenson (barchasi AQSH) o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:23, 13.01.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.