Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Gvardiola Semenyoning o‘yiniga munosabat bildirdi

Gvardiola Semenyoning o‘yiniga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut"dan 75 mln yevro (65 mln funt) evaziga o‘tgan Antuan Semenyoning o‘yiniga munosabat bildirdi.

"Biz "Bornmut" Semenyo bilan amalga oshirgan aql bovar qilmas ishni ko‘rdik. Hozir uning o‘yinini kuzatyapman: har safar to‘p unga tekkanida, u har doim harakat qilish uchun kerakli joyda bo‘ladi", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, ganalik vinger o‘z transferidan so‘ng "shaharliklar" safida 2ta o‘yin o‘tkazdi. U Angliya kubogi doirasida "Ekseter"ga qarshi o‘yinda (10:1) gol urdi va Angliya liga kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida "Nyukasl Yunayted"ga (2:0) gol urdi. Joriy mavsumda 26 yoshli Semenyo barcha musobaqalarda jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 05:14, 14.01.2026.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.