Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Nazorat o‘yini. «Dinamo» OKMK bilan durang qayd etdi

Nazorat o‘yini. «Dinamo» OKMK bilan durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi navbatdagi nazorat o‘yinida OKMK klubiga qarshi maydonga tushdi.

«Olimpiya» stadionidagi maydonda bo‘lib o‘tgan bahsda bosh murabbiylar – Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov asosiy tarkibdan tashqari, bir qator yosh o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritilgan gol bilan «dinamochilar» hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylar bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urib, ko‘rikdagi o‘yinchilarni ham sinovdan o‘tkazishdi. Olmaliqliklar Aziz Xolmurodovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 1:1. Yakunda bahs durang natija bilan tugadi.

Shu tariqa, «Dinamo»ning Toshkentdagi dastlabki yig‘ini yakuniga yetdi. Jamoamiz 16 yanvardan BAAda yig‘in boshlaydi.

Nazorat o‘yini. 14 yanvar. Toshkent
OKMK – «Dinamo» - 1:1
Gollar: Aziz Xolmurodov 50 – Anvarjon Hojimirzayev, 42.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Jaloliddin Jumaboyev, Salim Mustafoyev, Giorgi Babaliyev, Rasul Yo‘ldoshev, Dramane Salou, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug‘bek Abdullayev, Behruzbek Obloqulov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Ulug‘bek Hoshimov, Mirjahon Mirahmadov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:29, 14.01.2026.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик