"Inter" chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 8ta o‘yinga yetkazdi.
Kristian Kivu jamoasi 16-turda Franchesko Espositoning 78-daqiqadagi aniq zarbasi evaziga "Lechche"ni mag‘lub etdi (1:0).
"Neradzurrilar" so‘nggi bor A Seriyada 23 noyabr kuni "Milan"ga imkoniyatni boy bergandi. O‘shandan beri "Napoli" bilan durang (2:2) va 7 g‘alaba qayd etilgan.
"Inter" zaxira o‘yiniga ega "Milan" bilan 6 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.














