Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Andijon» bugun Turkiyada ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

«Andijon» bugun Turkiyada ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotgan «Andijon» jamoasi rejaga muvofiq, 16 yanvar kuni ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, ilk o‘rtoqlik uchrashuvi 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan va unda «Andijon» Turkiyaning «Siverek Belediyespor» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Navbatdagi raqib — Vengriyaning «Vashash» klubi. Ushbu jamoa Budapesht shahrini namoyon etadi. «Vashash» klubiga 1911 yil 16 mart kuni asos solingan.

Ayni paytda Vengriya milliy chempionati II divizionida ishtirok etayotgan «Vashash» 15 turdan so‘ng 9 g‘alaba, 2 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan holda 29 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning to‘plar nisbati — 25:15. Klubni 45 yoshli mahalliy mutaxassis Gabor Erosh boshqarmoqda.

Antaliyadagi yig‘in doirasida «Vashash» ilk nazorat uchrashuvini Qirg‘izistonning «Aziya Talas» jamoasiga qarshi o‘tkazib, 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shu tariqa, mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun ham Antaliyadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, «Vashash» o‘z tarixida 6 marta Vengriya chempioni va 4 marta mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan.

«Andijon» hamda «Vashash» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:16, 16.01.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик