Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Maxachev Shavkat Rahmonov bilan jang qilishga tayyor

Maxachev Shavkat Rahmonov bilan jang qilishga tayyor

Baho:
+ | -

UFC yarimo‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni, 34 yoshli rossiyalik Islom Maxachev navbatdagi jangini ushbu vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan va reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turgan qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovga qarshi o‘tkazish ehtimolini inkor etmadi.

“Shavkat? Unda uzoq tanaffus bo‘ldi. Bu masalani men hal qilmayman. Agar u tayyor bo‘lsa, nega endi yo‘q? Eshitishimcha, tanaffusdan keyin unga jang berilishi kerak”, deya Maxachevning so‘zlarini keltiradi Match TV.

Ayni paytda Islom Maxachev UFC'da ketma-ket 16 ta g‘alaba qayd etgan. Umuman olganda, uning hisobida 28 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor. Rossiyalik jangchi so‘nggi jangini Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o‘tkazdi. Yarimo‘rta vazn chempionlik kamari uchun kechgan bahsda hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Maxachev g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov professional faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. U 2020-yildan buyon UFC doirasida 7 marta oktagonga chiqib, barcha janglarda raqiblarini mag‘lub etgan. Sportchi oxirgi jangini 2024-yilning 7-dekabr sanasida Ian Machado Garriga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 14:25, 16.01.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.