Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi

"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Umar Marmush yanvar oyida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, futbolchini "Tottenxem" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jamoalar o‘rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda. Futbolchining o‘zi shu oyda "Manchester Siti"dan ketishga tayyor.

Umar Marmush 2025 yilning yanvarida "Ayntraxt"dan 75 million yevro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgandi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Marmushni 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:55, 16.01.2026.
O'qildi: 3835 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик