Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Mircha Lucheskoning sobiq yordamchisi «Paxtakor»da ish boshladi

Mircha Lucheskoning sobiq yordamchisi «Paxtakor»da ish boshladi

Baho:
+ | -

Emilian Karas "Paxtakor"da Kamoliddin Tojiyevga yordam beradi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.

2020 yildan Mircha Lucheskoning asosiy yordamchilaridan biri bo‘lgan mutaxassis "Dinamo" Kiyevda 2020 yildan beri faoliyat olib borib kelgan. Ukraina chempioni, "Alaniya", "Kuban", "Dinamo" (Moskva), Qatarning "Al Arabiy" va BAAning "An-Nassr" jamoalarida ham yordamchi murabbiyi lavozimida ishlagan.

Moldovalik mutaxassis futbolchilik faoliyatida himoyachi ampluasida to‘p tepgan va asosiy karyerasini o‘z mamlakatida o‘tkazgan. 1991 yil "Paxtakor" Markaziy stadionida "sherlar"ga qarshi maydonga chiqqan.

"O‘z paytida Sobiq Ittifoqning, bugungi kunda Osiyoda o‘z o‘rniga ega O‘bekistonning eng zo‘r jamoasida faoliyat olib borish men uchun zavqli bo‘ladi. Bosh murabbiyga qo‘ldan kelgancha yordam beraman. Niyatim, jamoamga nafim tekkan holda mamlakati chempionligini qo‘lga kiritish", - deydi Emilian Karas.

Kiritildi: 15:37, 18.01.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик