Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Menga yoqmaydigan joyda o‘ynashni xohlamayman" - Vinisius

"Menga yoqmaydigan joyda o‘ynashni xohlamayman" - Vinisius

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Levante"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng, "qaymoqranglilar" muxlislari unga har safar to‘p tushganida hushtakbozlik qilishganidan so‘ng, atrofidagilarga jamoani tark etish istagini bildirgan. Bu haqda Ispaniyaning El Periodico gazetasi xabar bermoqda.

"Menga yoqmaydigan joyda o‘ynashni istamayman," - deya braziliyalikning agentlariga aytgan so‘zlarini keltiradi manba.

Ta’kidlanishicha, Madrid klubi muxlislarining hushtakbozligi bilan bog‘liq vaziyat Vinisius uchun "so‘nggi tomchi" bo‘lgan. Hujumchi "qaymoqranglilar" muxlislarining munosabatidan charchagan va u klub uchun klubdan ko‘ra ko‘proq ish qildim deb hisoblaydi.

Vinisius "Real"da 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda vinger barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:28, 18.01.2026.
O'qildi: 4517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик