Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov 2-turda Pragnanandhani mag‘lub etdi, Sindarov g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Tata Steel Chess-2026. Abdusattorov 2-turda Pragnanandhani mag‘lub etdi, Sindarov g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Tata Steel turniri davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.

Musobaqaning Masters guruhi ikkinchi kun bahslari doirasida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik shaxmatchi Pragnanandha Rameshbabuni mag‘lub etdi.

Mazkur natijadan so‘ng Abdusattorov 1,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. Abdusattorov 1-turda qora donalarda dunyoning eng yosh to‘rtinchi grossmeysteri, turkiyalik 14 yoshli Yag‘is Kaan Erdog‘mus bilan durang o‘ynagan.

Birinchi o‘rindagi AQSH vakili Hans Nimann va 3-pog‘onani egallab turgan Arjun Erigaisi hisobida ham 1,5 ochko mavjud.

Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov esa niderlandiyalik Anish Giri bilan durang evaziga 1 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. 4–12-o‘rindagi barcha shaxmatchilar 1 ochkodan jamg‘argan. Sindorov 1-turda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi oq donalarda durang qayd etgan edi.



O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov FIDE onlayn reytingida 2755 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Musobaqa 13 ta turdan iborat bo‘lib, 21 yoshli Abdusattorov 2025 yilgi Tata Steel Chess musobaqasida 3-o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov 2026 yil 13–15 fevral kunlari Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tadigan FIDE Freestyle Chess Jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) va Freestyle Chess Operations tashkiloti hamkorligida tashkil etiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:07, 19.01.2026.
O'qildi: 1775 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.