Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Alvaro Arbeloa «Real»ning o‘ta yirik g‘alabasiga munosabat bildirdi

Alvaro Arbeloa «Real»ning o‘ta yirik g‘alabasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 7-turida "Monako" ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba (6:1) haqida fikr bildirdi.

"Men xursandman, ammo eng avvalo — futbolchilar, muxlislar uchun baxtiyorman. Umuman olganda, madridizm uchun xursandman. Biz o‘rtamizdagi bunday birlik va shunday o‘yin bilan hali qolgan barcha sovrinlar uchun kurasha olamiz.

Men muxlislarning Vinisiusni qo‘llab-quvvatlab, uning ismini baland ovozda qichqirganini eshitdim. Hatto darvozabon uning zarbasini ajoyib tarzda qaytarganida ham, muxlislar Vinisiusni olqishladi. Unga bu muhabbat juda kerak. Vini — yosh, juda hissiyotli yigit. Unga qo‘llab-quvvatlash zarur. Unga oson emas, ammo "Santyago Bernabeu" unga javob qaytardi — uning kayfiyati, iste’dodi va mehnatkashligi uchun minnatdorlik bildirdi. Aynan shunday o‘yinlar vaziyatni o‘zgartirishga yordam beradi", — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.

Ushbu g‘alabadan keyin "Real" 15 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Monako" esa 9 ochko bilan 20-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 05:59, 21.01.2026.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик