2026 yil hisobidan biz uchun ahamiyatli birinchi xalqaro turnir yakuniga yetdi hisob. Afsuski, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar termasi Saudiya Arabistonidan ertaroq qaytdi chorak finaldagi alamli mag‘lubiyat tufayli. Xo‘sh, oldinda bizni yana qanday xalqaro turnirlar kutmoqda?
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. Start – 27 yanvar
Indoneziyada tashkillashtiriladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati startiga oz qoldi – 27 yanvardan 7 fevralgacha qit’aning 16ta kuchli jamoasi qit’a futzal toji uchun kurash olib boradi. Jumladan, Nodir Eliboyev boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal termasi «C» kvartetidan joy olgan.
1-tur. 28 yanvar. O‘zbekiston – Tojikiston
2-tur. 30 yanvar. Avstraliya – O‘zbekiston
3-tur. 1 fevral. Yaponiya – O‘zbekiston
Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi. Start – 1 mart
1-21 mart kunlari ayollar futboli ixlosmandlari o‘z nigohlarini Avstraliya tomon burishadi. Bu safargi qit’a chempionatida uzoq tanaffusdan keyin O‘zbekiston ayollar termasi ham ishtirok etadi. Umuman, kubok uchun 12ta jamoa kurashga kirishadi. Kotrine Kulbite boshqaruvidagi jamoamiz raqiblari orasida jahonda o‘z o‘rniga ega KXDR termasi bor.
1-tur. 3 mart. KXDR – O‘zbekiston
2-tur. 6 mart. O‘zbekiston – Xitoy
3-tur. 9 mart. Bangladesh – O‘zbekiston
Ayollar o‘rtasidagi OCHL-2025/2026
15 yanvar kuni tashlangan qur’aga ko‘ra, «Sevinch» ayollar CHL chorak finalida «Melburn Siti» (Avstraliya) mehmoni bo‘ladi 22 yoki 23 mart kuni. Agar qarshiliklar Avstraliya klubi to‘sig‘idan o‘tishsa, 20-23 may kunlariga belgilangan to‘rtlik final raundiga o‘itishadi.
U-20 toifasida ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi. Start – 1 aprel
1-18 aprel kunlariga belgilangan va Tailandda bo‘ladigan musobaqaning 12ta ishtirokchisi qatorida O‘zbekiston U-20 termasi ham bor.
1-tur. 2 aprel. J.Koreya – O‘zbekiston
2-tur. 5 aprel. O‘zbekiston – KXDR
3-tur. 8 aprel. O‘zbekiston – Iordaniya
U-17 toifasidagi Osiyo chempionati. Start – 7 may
7-24 may kunlari Saudiya Arabistoni yana bir bora U-17 toifasidagi Osiyo kubogini qabul qiladi. 16ta jamoa ishtirok etadigan musobaqaning final raundiga 12 fevral kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi amaldagi chempion sifatida birinchi savatchadan joy olgan.
JCH-2026. Start – 11 iyun
Yilning eng katta va butun O‘zbekiston kutayotgan musobaqasi. Bu safar AQSH, Meksika va Kanadada 48ta jamoa to‘planadi. Jumladan, mundial debyutanti «K» guruhida Kolumbiya va Portugaliya termalari kabi jiddiy raqiblarga qarshi o‘ynaydi. Umuman, jahon futbol forumi 19 iyulgacha davom etadi.
1-tur. 18 iyun. O‘zbekiston – Kolumbiya
2-tur. 23 iyun. Portugaliya – O‘zbekiston
3-tur. 28 iyun. «Pley-off» g‘olibi – O‘zbekiston
Elit OCHL-2026/2027 va OCHL-2-2026/2027. Start – sentyabr
Kuzning birinchi oyi o‘rtalari (14-17 sentyabr)da Elit OCHL va OCHL-2 turnirlarining navbatdagi mavsumi yo‘lga chiqadi. Ushbu ikki turnirda futbolimiz sharafini tegishllicha amaldagi chempion – «Neftchi» va kubok egasi «Paxtakor» himoya qiladi.
2026 yil futbol taqvimida yana bizga daxldor FIFA Series turniri, Osiyo o‘yinlari, U-17 toifasidagi JCH (jamoamizning kichik mundialga chiqishiga ishonamiz, albatta) kabi musobaqalar bor. Qolaversa, 11 aprel kuni O‘zbekiston milliy jammoasi ishtirok etadigan OK-2027 final raundiga qur’a tashlanadi. Qit’a chempionatining o‘zi esa 2027 yilning 7 yanvar – 6 fevral kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.













