Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Angliyada "Chelsi"ning Xulian Alvaresga qiziqishi haqida ma’lumot berildi

Angliyada "Chelsi"ning Xulian Alvaresga qiziqishi haqida ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

TalkSPORT nashri jurnalisti Aleks Kruk "Chelsi" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Bu yanvarda tuziladigan bitim emas, ammo "Chelsi" Alvares yozda o‘tishi mumkin bo‘lgan klub sifatida tilga olingan. O‘ylaymanki, bu qimmat transfer bo‘ladi. "Atletiko" futbolchi uchun 100 million yevro so‘ragani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu "Chelsi" uslubiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki Xulian 25 yoshda, yaqinda u 26 yoshga to‘ladi.

"Chelsi" Palinyani "Fulxem"da o‘ynab yurgan paytida sotib olishdan bosh tortganini bilaman, chunki 26 yoshida uni keksa deb hisoblashgan. Ular yaxshigina pulga sotib olib, keyin qimmatroqqa sotish mumkin bo‘lgan futbolchilarni afzal ko‘rishadi, ammo u "Chelsi"ni o‘zgartirishi aniq, chunki ularda haqiqatan ham sifatli o‘yinchilar bor, ammo hujumda kuch yetishmaydi.

"Chelsi" tavakkal qilib, Liam Delapni sotib oldi, ammo hozircha bu o‘zini oqlamadi, asosan uning jarohatlari va diskvalifikasiyalari tufayli. Joao Pedro "to‘qqizlik"dan ko‘ra ko‘proq "o‘nlik"dir. Shu sababli, agar "Chelsi" APLda mavsum davomida 20 tadan gol uradigan futbolchini qo‘lga kirita olganida, klub haqiqiy tahdidga aylangan bo‘lardi", - deya Krukning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Xulian Alvares 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan 75 million yevro evaziga "Atletiko"ga o‘tgandi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:52, 23.01.2026.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик