Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovskiga MLS hamda Saudiya chempionatlaridan qiziqish bor

Levandovskiga MLS hamda Saudiya chempionatlaridan qiziqish bor

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda. Polshalik tajribali futbolchi yaqin olti oy ichida kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Levandovskiga AQSHning MLS ligasi hamda Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy takliflar bor.

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchiga da’vogarlik qilayotgan klublar qatorida “Chikago Fayr”, “Al-Ittihod” va “Ash-SHabab” jamoalari bor. Shu bilan birga, jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining o‘zi yana bir mavsum “Barselona”da qolishni istamoqda. Shu bois hujumchi shartnomani uzaytirish masalasida klub rahbariyati bilan muzokara olib borishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2022 yil yozidan buyon “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surib kelmoqda. 37 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakuniga yetadi. Robert joriy mavsum “Barselona” safida jami 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylangan. Transfermarkt portli hujumchining qiymatini 9 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar Robertning o‘yinida pasayish kuzatilgani hamda oldingidek samaradorlik ko‘rsata olmayotgani ortidan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:10, 23.01.2026.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.