Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«MYU» va «Manchester Siti» klublari «Vest Hem» futbolchisi uchun kurashga kirdi

«MYU» va «Manchester Siti» klublari «Vest Hem» futbolchisi uchun kurashga kirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda “Manchester Siti” klublari “Vest Hem” safida to‘p surayotgan 21 yoshli markaziy yarim himoyachi Mateush Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining shartnomasida alohida band mavjud. Agar “Vest Hem” Angliya Premyer Ligasidan quyi ligaga tushib ketsa, bu band faollashadi va futbolchi jamoa bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Manchester klublari esa aynan shu band ortidan futbolchini arzonroqqa sotib olish yoki “Vest Hem” mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketsa, bepul qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda.

Ayni payda London klubi APL turnir jadvalida 17 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi. Klubning Chempionshipga tushib ketish ehtimoli juda yuqori. Shu sababli “Vest Hem” Fernandeshni yanvar oyidayoq sotib, uning transferidan foyda qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Mateush Fernandesh barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:02, 24.01.2026.
O'qildi: 1787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик