Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" A Seriyada juda yuqori formasiga kirib oldi

"Inter" A Seriyada juda yuqori formasiga kirib oldi

Baho:
+ | -

"Inter" milliy chempionatda juda yaxshi holatda. Juma oqshomida Kristian Kivu jamoasi "Piza"ni yirik 6:2 hisobida taslim qildi.

"Inter"ning A Seriyadagi so‘nggi o‘nta natijasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, "neradzurrilar" bir durang bilan to‘qqizta g‘alabaga erishganini ko‘rish mumkin. Belgilangan davrda faqat "Napoli" "Inter"ga yutqazmagan - o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

Demak, "Inter" chempionatning so‘nggi o‘n turida 30 imkoniyatdan 28 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rindagi "Milan"ni 6 ochko ortda qoldirgan Kivu jamoasi peshqadamlik qilmoqda. "Rossonerilar"da bir zaxira o‘yini bor.

Qish oxirigacha "Inter" A Seriyada "Kremoneze", "Sassuolo", "Yuventus" va "Lechche"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:55, 24.01.2026.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.