Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

16 yoshli Kay Runi ilk bor «Old Trafford»da maydonga tushdi

16 yoshli Kay Runi ilk bor «Old Trafford»da maydonga tushdi

Baho:
+ | -

Sobiq hujumchi Ueyn Runining 16 yoshli o‘g‘li Kay Runi "Old Trafford"da ilk bor "Manchester Yunayted" U18 jamoasida o‘ynadi.

Vinger Angliya kubogining 4-raundida "Derbi"ga qarshi o‘yinda qo‘shimcha bo‘limlarda zaxiradan maydonga tushdi.

Runi o‘yinning 99-daqiqasida 0:0 hisobi vaqtida maydonga tushdi. Oradan vaqt o‘tib, "Derbi" himoyachisi Luka Krolla to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, yana 3 daqiqa o‘tib, "Yunayted" forvardi Chido Obi hisobdagi farqni oshirdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida "Manchester Yunayted"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. 1/8 finalda Darren Fletcher jamoasi keyingi oyda "Oksford Yunayted" bilan kuch sinashadi.

O‘g‘lining debyutini Ueyn Runi tribunadan kuzatdi: u direktorlar lojasida asosiy jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik va murabbiy Jonni Evans bilan birga edi.

Uchrashuv davomida muxlislar "Runi, Runi" deb hayqirishdi.

Kiritildi: 15:57, 24.01.2026.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.