Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isroil Madrimov 10 raundlik jangda Luis David Salazar ustidan g‘alaba qozondi (videosharh)

Isroil Madrimov 10 raundlik jangda Luis David Salazar ustidan g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan professional boks oqshomi doirasida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi.

Super yarim o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi Madrimovga Dominikan Respublikasi vakili Luids David Salazar raqiblik qildi.

10 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 99-91, 99-91) Isroil Madrimov g‘alaba qozondi. Jang davomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi katta ustunlikka erishdi. Ushbu bahsda Madrimovga O‘zbekiston ayollar boks terma jamoasi bosh murabbiyi va sobiq bokschi Elshod Rasulov hamrohlik qildi.

30 yoshli Isroil Madrimov prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Endi uning hisobida 2 ta mag‘lubiyat bor. 32 yoshli Luis David Salazar professional boksda ikkinchi mag‘lub bo‘ldi. Uning hisobida 20 ta g‘alaba mavjud.

Madrimov so‘nggi bor 2025 yilning 23 fevral kuni Saudiya Arabistonida WBC Interim chempionlik kamari uchun AQSH vakili Verjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarilgan va hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:32, 25.01.2026.
O'qildi: 3561 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.