Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Arsenal" gollarining nechi foizini standartlardan kirityapti?

"Arsenal" gollarining nechi foizini standartlardan kirityapti?

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning raqiblari Premyer-liganing joriy mavsumida 4 ta avtogol urishdi.

Kecha "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines "kanonirlar"ga qarshi o‘yinda (3:2) o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Bungacha "Vulverxempton"dan Sem Jonston va Yerson Moskera, "Brayton"dan Jorjinyo Ryutter o‘z darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Angliya chempionatining bu mavsumida "Arsenal" jami 42 ta gol urdi, avtogollarning ulushi 9,5 foizni tashkil etmoqda - bu ko‘rsatkich APL g‘olibiga aylangan jamoalarning hech birida bunchalik yuqori bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 1996/97 va 2012/13-yilgi mavsumlarda "Manchester Yunayted"ning raqiblari 6 ta avtogol urishgan - bu mavsumlarda mankunianliklar Angliya chempioni bo‘lishgan. Shu bilan birga, avtogollarning ulushi birinchi holatda 7,89%, ikkinchisida esa 6,98% ni tashkil etdi.

"Arsenal"ning kechagi o‘yindagi ikkinchi goli burchak to‘pidan so‘ng kiritildi. Bu londonliklarning APL joriy o‘yinida standart vaziyatdan urgan 15-goli bo‘ldi, bunday to‘plar ulushi "kanonirlar"ning ushbu turnirdagi barcha gollarining 35,7 foizini tashkil etadi. Avtogollarda bo‘lgani kabi bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yillardagi APL g‘oliblaridan yuqoriroq. Rekord "Manchester Yunayted" tomonidan 2007/08-yilgi mavsumda o‘rnatilgan - o‘shanda mankunianliklar o‘z gollarining 27,5 foizini standartlardan urishgan.

"Arsenal" ochkolarini 50taga yetkazib, musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. "Manchester Siti" va "Aston Villa" undan 4 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 18:19, 26.01.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик