Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Serxio Ramos “Sevilya”ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Cadena SER

Serxio Ramos “Sevilya”ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi — Cadena SER

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Jahon va Yevropa chempioni Serxio Ramos Five Eleven Capital xoldingi bilan birgalikda Ispaniyaning “Sevilya” klubini sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, oy oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan bitimning umumiy qiymati 450 million yevroni tashkil etadi. Hozirda Ramos va uning hamkorlari klubning moliyaviy hisobotlarini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, “Sevilya” aksiyadorlari taklifni ma’qullagan.

39 yoshli Serxio Ramos “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoa safida 2004–2005 hamda 2023–2024 yillarda harakat qilgan. Uning oxirgi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi hisoblanadi.

Ramos Madridning “Real” klubi tarkibida besh bor Ispaniya chempioni bo‘lgan, ikki marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u to‘rt martadan Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, uch marta UYEFA Superkubogini yutgan. Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa 2010-yilda Jahon chempioni, 2008 va 2012-yillarda esa Yevropa chempioni unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:39, 26.01.2026.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик