Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Vinisius "Real"ga ultimatum qo‘ydi

Vinisius "Real"ga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Real"ning yulduz hujumchisi Vinisius Junior kelajagini imkon qadar tezroq hal qilmoqchi. Uning ustuvor vazifasi Madrid superklubi bilan shartnomani uzaytirish. Biroq, "qaymoqranglilar" Vinisiusning bir mavsum uchun 30 million yevro so‘rashini ortiqcha deb hisoblamoqda.

El Nacional nashrining yozishicha, Vinisius masalaning cho‘zilishini istamayapti, shuning uchun u "Real"ga ultimatum qo‘ydi. Klub aprel oyiga qadar shartnoma bilan bog‘liq vaziyatga javob berishi kerak. Agar "qaymoqranglilar" uning maoshini jiddiy oshirishga rozi bo‘lmasa, Vinisius ketishga tayyor bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Vinisius muzokaralarda "Real"ga bosim o‘tkazib, boshqa klublarning ba’zi takliflari haqida gapirgan.

25 yoshli Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:16, 26.01.2026.
O'qildi: 6604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик