Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik tez orada Arauxoni "Barselona" asosiy tarkibiga qaytarishi mumkin

Flik tez orada Arauxoni "Barselona" asosiy tarkibiga qaytarishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo uzoq tanaffusdan so‘ng hamon o‘zini tiklashda davom etmoqda.

Urugvaylik futbolchi noyabr oyining oxiridan yanvar oyining boshigacha maydonga tushmadi - klub unga psixologik muammolar tufayli dam berdi. Sport xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik Arauxoni asosiy tarkibga qaytarishga tayyor va buning uchun qulay fursatni kutmoqda. Katta ehtimol bilan, 26 yoshli futbolchi uzoq vaqtdan beri ilk bor 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan "Albasete"ga qarshi kubok o‘yinida ilk daqiqalardan maydonga tushadi.

Ronald Arauxo safga qaytgan kunidan buyon ikki marta zaxiradan maydonga tushishga ulgurdi - "Real" va "Slaviya"ga qarshi bahslarda.

Kiritildi: 08:04, 28.01.2026.
O'qildi: 1824 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик