Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marmush "Manchester Siti"dan ketishga qaror qildi

Marmush "Manchester Siti"dan ketishga qaror qildi

Baho:
+-1 | -

"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush klubini o‘zgartirishga qiziqmoqda. Misrlik futbolchi yanvar oyi boshida "shaharliklar" tomonidan "Bornmut"dan sotib olingan Antuan Semenyo kelganidan keyin doimiy o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Transfer News Live nashrining jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berishicha, Marmush qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar ketishga tayyor. 26 yoshli futbolchiga "Aston Villa" va "Tottenxem" klublari asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

O‘tgan yilning boshida "Manchester Siti" Omar Marmushni Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 75 mln yevroga sotib olgan edi. Forvardning hozirgi narxi - 65 mln yevro.

Kiritildi: 08:22, 28.01.2026.
O'qildi: 5293 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик