Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor - "Chelsi" yarim himoyachisi haqida: "U jahon darajasidagi o‘yinchiga aylanishi mumkin"

Rosenyor - "Chelsi" yarim himoyachisi haqida: "U jahon darajasidagi o‘yinchiga aylanishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Romeo Laviyaning imkoniyatlarini baholadi.

Belgiyalik xavbek doimiy jarohatlar tufayli o‘z darajasini to‘liq ko‘rsata olmayapti. 22 yoshli xavbek yaqindagina navbatdagi jarohatini davoladi, ammo hozircha maydonga qaytgani yo‘q.

"Laviya - ajoyib o‘yinchi, uning jahon darajasidagi yarim himoyachi bo‘lish salohiyati bor. U hali bir necha tiklanish bosqichlaridan o‘tishi kerak, lekin uni mashg‘ulotlarda ko‘rganimdan juda xursandman. Biz Romeoning holatini kuzatib borishimiz kerak," - deya Rosenyorning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Laviya joriy mavsum "Chelsi" safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.

Kiritildi: 10:01, 28.01.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик