Kirish Ro'yxatdan o'tish

Valverde: «Barchasiga o‘zimiz sababchimiz»

Valverde: «Barchasiga o‘zimiz sababchimiz»

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan "Benfika"ga (2:4) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyadagi muvaffaqiyatsizlik "qaymoqranglilar"ni 1/8 final yo‘llanmasidan mahrum qildi. Alvaro Arbeloa jamoasi fevral oyida pley-off bosqichida o‘ynashi kerak bo‘ladi.

"Biz maydonda sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak. O‘zimizni tanqid qilish kerak, boshqalarni ayblamaslik kerak. Futbolchilarning vazifasi - o‘yin davomida o‘zini ko‘rsatish va bugun biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilmadik. Yaxshilanishda davom etish kerak", - deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

"Real" ochkolarini 15taga yetkazib, 9-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 11:25, 29.01.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик