Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Xitoyda korrupsiya sabab 73 kishi umrbod futboldan chetlatildi

Xitoyda korrupsiya sabab 73 kishi umrbod futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -

Xitoy hukumati futbol bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanishni 73 nafar shaxs uchun umrbod taqiqladi. Ular orasida Xitoy futbol assosiasiyasining (XFA) sobiq raisi Chen Syuyuan hamda milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Li Te ham bor. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yanvar, payshanba kuni Xitoyning Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi vazirligi hamda XFA ishtirokida futbol sohasidagi korrupsiyaga bag‘ishlangan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazilgan. Unda xalq sudi tomonidan aybdor deb topilgan 73 kishi futbolga oid har qanday faoliyatdan butun umrga chetlatilgan. Shuningdek, 13 ta klubga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil mart oyida XFA sobiq rahbari Chen Syuyuan 81 million yuandan (taxminan 11,4 million dollar) ortiq miqdorda pora olganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Shuningdek, XFA musobaqalar bo‘limining sobiq direktori Xuan Sun 7 yilga, assosiasiya raisining sobiq o‘rinbosari Li Yuyi esa 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Xitoy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, avvalroq Angliyaning “Everton” klubida to‘p surgan Li Te ham poraxo‘rlik aybi bilan umrbod qamoq jazosini olgan.

Qayd etilishicha, Xitoyda 2022 yil noyabr oyidan buyon futbol sohasida korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya olib borilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bu jarayon davomiyligi va qo‘lga olinganlar soni bo‘yicha Xitoy futboli tarixidagi eng yirik antikorrupsiya kampaniyasi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:57, 29.01.2026.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик