Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov bugun g‘alaba qozonib, so‘nggi tur oldidan yaqqol peshqadamga aylandi

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov bugun g‘alaba qozonib, so‘nggi tur oldidan yaqqol peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Tata Steel Chess turniri ertaga yakuniga yetadi. Bugun shaxmatchilar 12-tur bahslarini o‘tkazishdi.

Chempionatning Masters guruhida ishtirok etayotgan Javohir Sindorov kecha Arjun Erigaisi (Hindiston) ustidan muhim g‘alabaga erishib, peshqadamga aylangandi. Hamyurtimiz 12-turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi o‘yinda tezkor durang qayd etdi: 14-yurishga kelib tomonlar bir yurishni 3 marta takrorlashdi.

Nodirbek Abdusattorov esa bugun germaniyalik Matteus Blyubaumga qarshi bahsda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Partiyaning 30-yurishigacha kompyuter vaziyatni teng deya baholayotgan bo‘lsa-da, vatandoshimiz raqibga bosim o‘tkazayotgan edi. Natijada raqib 31-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Nodirbek Matteusning xatosidan o‘ta unumli foydalanib, katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. Abdusattorov bitta sipoh ustunligini qo‘lga kiritgach, Blyubaum taslim bo‘ldi.

Nodirbek Abdusatttorov bugungi g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 8 taga yetkazib, yaqqol peshqadamga aylandi. Sindarov hisobida esa 7,5 ochko mavjud. Ikki shaxmatchi hisobida 7 tadan ochko bor.

Abdusattorov ertaga 13-tur doirasida Arjun Erigaisiga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. Javohir Sindarov esa turnir autsayderi Nguyen Tay Day Van (Chexiya)ga qarshi qora donalarda bahs yuritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:26, 31.01.2026.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик