Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Neftchi» nazorat uchrashuvida Kosovo klubiga mag‘lub bo‘ldi

«Neftchi» nazorat uchrashuvida Kosovo klubiga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Belek shahrida o‘tkazilayotgan yig‘in doirasida «Neftchi» navbatdagi nazorat uchrashuvini Kosovoning «Ferizay» jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Farg‘onaliklar uchrashuv davomida maydonda ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, jamoa minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi — 1:2.

Uchrashuv boshlanishi bilan raqib jamoa faol harakat qildi va 4-daqiqada Yakob Berisha hisobni ochdi. Erta o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng «Neftchi» to‘p nazoratini qo‘lga oldi, hujumlar soni ortdi, biroq hal qiluvchi zarbalar samarasiz yakunlandi. 31-daqiqada esa «Ferizay» qarshi hujumdan foydalanib, Betim Xaxximusaning goli bilan ustunlikni ikki baravar oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin bosh murabbiy Islombek Ismoilov qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bu qaror o‘yin suratiga ijobiy ta’sir qildi. 51-daqiqada Abrop Ismoilov aniq zarba bilan hisobni qisqartirdi va jamoada kambek umidini uyg‘otdi.

Shundan so‘ng «Neftchi»ning hujumlari yanada tizimli va bosimli tus oldi. O‘yin oxirigacha raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratildi, biroq hisobni tenglashtirishga biroz omad yetishmadi. «Ferizay» esa asosan himoya va qarshi hujumlarga tayanib, g‘alabali hisobni saqlab qoldi.

Shu tariqa, «Neftchi» hujumlarda faol o‘yin namoyish etganiga qaramay, imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmadi va nazorat bahsini mag‘lubiyat bilan yakunladi. Bu uchrashuv jamoa uchun yig‘in davomida muhim xulosalar chiqarishga xizmat qilishi shubhasiz.

Nazorat o‘yini. 31.01.2026 | 17:30
Turkiya, Belek shahri
«NEFTCHI» (O‘zbekiston) - «FERIZAY» (Kosovo)  1:2
Gollar: 4' Jakub Berisha(0:1)  31' Betim Hahximusa (0:2) 51ʼ Abror Ismoilov (1:2)
«Neftchi» 1-bo‘lim: 45. Akbar To‘rayev, 2. Izzatillo Po‘latov, 7. Abrop Ismoilov, 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Ratinyo, 23. Yovan Jokich, 8. Vladimir Yovovich, 10. Jamshid Iskandarov, 32. Zoran Marushich.
«Neftchi» 2-bo‘lim: 45. Akbar To‘rayev, 8. Vladimir Yovovich, 11. Asilbek Jumayev, 14. Daler Tuxsanov, 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 24. Rustambek Fomin, 70. Silvanus Nimeli, 18. Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 34. Farrux Sayfiyev, 23. Yovan Jokich.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:11, 01.02.2026.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.