Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi: «Biz «Real»dan yaxshiroq o‘ynadik»

«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi: «Biz «Real»dan yaxshiroq o‘ynadik»

Baho:
+ | -

«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi Inigo Peres Ispaniya La Ligasining 22-turi doirasida «Real»ga qarshi (1:2) uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi. «Qaymoqranglilar» 90+10-daqiqada penaltidan g‘alaba golini urdi. Mehmon jamoa uchrashuvni to‘qqiz nafar futbolchi bilan yakunladi.

– Mag‘lubiyatni qabul qilishimiz kerak. Ko‘p narsalar haqida gapirish mumkin, ammo ba’zilari haqida men gapirmayman. Ushbu o‘yinda jamoamiz ko‘p yaxshi ishlar qildi, men jamoani maqtashim uchun albatta mo‘jiza ro‘y berishi kerak emas edi. Men uchun bu juda og‘ir, ammo o‘yinchilarim bilan faxrlanaman. Ular qanday o‘ynagani men uchun kutilmagan holat emas, biz g‘alaba qozonish imkoniga egadik. Ammo rivojlanishimiz kerak. Keyingi mavsumda qayta kelib, g‘alaba qozonishimiz lozim.

– 11ga 11 o‘ynaganimizda biz «Real»dan yaxshiroq edik, gap aniqlikda edi, jarima maydonida uncha qat’iyatliroq bo‘lmadik. «Bernabeu» qo‘rquv uyg‘otadi, ammo biz g‘alabaga yaqin edik. Hatto bir futbolchimiz kam bo‘lgani bilan ham bu holat yuz berdi. Bizda futbolchilarning qat’iyati yetishmadi.

– Pate Siss biz uchun juda muhim edi. Ba’zida energiya ko‘pligi shunday vaziyatlarga olib keladi. Men bu holatda uning o‘rniga boshqa narsa uchun emas, aynan shu uchun chetlatilganini afzal ko‘rar edim. 11ga 11 o‘yinda biz «Real»dan yaxshiroq edik, buni yana bir marta ta’kidlayman.

– Hakam ikkinchi taymga to‘qqiz daqiqa qo‘shdi.
– Men qo‘shimcha vaqt uzoq bo‘lishini kutgan edim, ammo jamoam jarima maydonida yaxshi himoya qilganini ko‘rdim – ular bizga gol urishi mumkin degan his yo‘q edi.

– Nima uchun to‘qqiz daqiqa qo‘shilganiga izoh bera olasizmi?
– Hech nima demayman.

– Hakamlik sizga xafa qildimi?
– Hakamlar haqida gapirmayman, — deb keltirmoqda Peres so‘zlarini AS.

Ispaniya chempionatining 22 ta o‘yinidan keyin madridlik «Real» 54 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda turibdi. «Rayo Valyekano» esa 22 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:33, 01.02.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик