Fransiya chempionatining 20-turida "PSJ" safarda "Strasburg" mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Liga 1 matbuot xizmati rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning 11 metrlik jarima zarbasini qaytarganiga munosabat bildirdi.
"Matvey Safonov. U yana shunday qildi," - deyiladi Liga 1 matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Joriy mavsumda rossiyalik darvozabon parijliklar safida 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Safonov ikki o‘yinda darvozani daxlsiz saqlab qoldi.













