"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "ko‘k-anorranglilar"ning Ispaniya Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Albasete"ga qarshi o‘yini oldidan jamoasi hujumchisi Rafinya jarohat olgani haqida gapirdi.
"Meni futbolchining jismoniy holati bezovta qilmayapti, u ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatdan noroziman. Jarohatlar bunday o‘yin taqvimida normal holat. Bu juda og‘ir yo‘qotish va jamoa buni his qiladi. Biz hal qiluvchi palladamiz va u bizga kerak," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS.
Avvalroq, futbolchining o‘ng sonini yaqinlashtiruvchi mushak cho‘zilgani aniqlangani va u Ispaniya kubogi o‘yinini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.













