Adam Armstrong "Vulverxempton"ga o‘tdi.
Joriy mavsum "Sautgempton" safida to‘p tepayotgan hujumchi yangi jamoasi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi uchun 7 mln funt to‘langan, yana 2 mln funt bonus sifatida ko‘zda tutilgan.
Armstrong bu mavsumda Chempionshipda 29 o‘yinda 11 gol urdi va liganing eng yaxshi to‘purarlari beshligiga kirdi.













