Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Reshfordning rejalari ma’lum bo‘ldi

Reshfordning rejalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubga qaytmoqchi emas, chunki uning muvaffaqiyatiga ishonmayapti. 28 yoshli futbolchi "Barselona"ga doimiy o‘tishni talab qilmoqda. Reshfordning fikricha, uning Kataloniyada sovrin yutish imkoniyati "Manchester Yunayted"ga qaraganda ancha yuqori. Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Reshford yakuniy qarorni "Barselona" foydasiga qabul qildi va aynan o‘sha yerda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ishonishini ta’kidladi. Hujumchi, shuningdek, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatgan va u futbolchining keyingi darajaga chiqishiga yordam bera olishiga ishonmoqda.

Reshfordning "Barselona"dagi ijarasi shu yozda yakunlanadi, ammo klub uni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda. Joriy mavsumda futbolchi kataloniyaliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer narxi 40 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:12, 03.02.2026.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик