Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kenan Yildizning "Yuventus"dagi yangi shartnomasi bo‘yicha qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Kenan Yildizning "Yuventus"dagi yangi shartnomasi bo‘yicha qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kenan Yildizning "Yuventus"dagi yangi shartnomasi bo‘yicha qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tez orada "keksa sinyora" rahbariyati va 20 yoshli Yildizning agenti o‘rtasida yangi uchrashuv bo‘lib o‘tadi, unda tomonlar hamkorlikni davom ettirish va 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzish masalasini muhokama qiladi.

Qayd etilishicha, Yildiz yangi shartnoma shartlariga ko‘ra yiliga 6 million yevro atrofida maosh oladi.

Bu mavsumda Kenan Yildiz "Yuventus" safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:32, 03.02.2026.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик