Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyida Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati ayollar milliy terma jamoasi a’zolari hamda murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida oldinda turgan Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayoni, jamoaning musobaqadagi vazifalari va yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida assosiasiya rahbariyati terma jamoani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi. Jamoaning musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani hamda tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratda bo‘lishi qayd etildi.

Shuningdek, ayollar milliy terma jamoasi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlar belgilab olinib, futbolchilarga Osiyo kubogida mamlakatimiz sha’nini munosib himoya etish borasida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoa 3 fevral kuni navbatdagi yig‘inni o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketadi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:27, 03.02.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик