Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano "Real"ning Upamekanoga qiziqishi haqida gapirdi

Romano "Real"ning Upamekanoga qiziqishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano katta ehtimol bilan klubda qoladi. Bir qator nufuzli manbalar xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lgan.

Fransiyalik himoyachiga Madridning "Real" klubi kabi Yevropa grandlari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq insayder Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, Upamekano "qirollik klubi"dan aniq taklif olmagan — rasmiy muzokaralar olib borilmagan. "Qaymoqranglilar" shunchaki futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o‘rganib chiqishgan, xolos.

Dayo Upamekanoning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, yaqin vaqt ichida kelishuv uzaytirilgani rasman e’lon qilinadi.

Kiritildi: 11:16, 04.02.2026.
O'qildi: 1062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик