Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

Laporta: «Real Madrid» o‘yinida qo‘shib berilgan 10 daqiqa qayerdan paydo bo‘lganini tushunmadim»

Laporta: «Real Madrid» o‘yinida qo‘shib berilgan 10 daqiqa qayerdan paydo bo‘lganini tushunmadim»

Baho:
+2 | -

«Barselona» rahbari Joan Laporta La Liga doirasida yaqinda bo‘lib o‘tgan «Real Madrid» va «Rayo Valyekano» o‘rtasidagi o‘yin haqida gapirdi. O‘sha bahsda «qaymoqranglilar» Kilian Mbappening 100-daqiqada penaltidan urgan goli evaziga g‘alabani ilib ketishgan edi (2:1).

«Men «Real»ning «Rayo»ga qarshi o‘yinini ko‘rdim va o‘yinga qo‘shib berilgan o‘n daqiqa qayerdan kelganini tushunmadim. Futbolchilar borgan sari ko‘proq simulyasiya ishlatishmoqda — buning uchun ularni sariq kartochka bilan jazolash kerak. Shuningdek, penaltilar juda osonlik bilan belgilanmoqda deb hisoblayman. Ular o‘zlariga qarshi qoidabuzarliklarni tahlil qiladigan va hakamlar tomonidan ko‘rilgan zararlar haqida bayonot beradigan maxsus telekanali bor klubga yordam berishmoqda», — deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Seshanba kuni «Barselona» Ispaniya Kubogi chorak finalida «Albasete»ni mag‘lub etdi (2:1). Aynan ushbu jamoa avvalgi bosqichda «Real»ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Kiritildi: 12:20, 04.02.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.