Bugun, 4 fevral kuni Angliya liga kubogining ikkinchi yarim final javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda «Manchester Siti» va «Nyukasl» jamoalari bahs olib borishadi. Ushbu raqiblar o‘rtasidagi dastlabki yarim final bahsi 2:0 hisobida «Manchester Siti» foydasiga hal bo‘lgan edi.
Tahlilchilar asosiy vaqtda «Manchester Siti»ning g‘alaba qozonish imkoniyatini 53,4%, durangni 23,2%, «Nyukasl»ning g‘alabasini esa 23,4% ga baholamoqdalar.
Angliya liga kubogi finaliga «Manchester Siti»ning chiqish ehtimoli 92% ni tashkil etmoqda, «Nyukasl»ning keyingi bosqichga o‘tish imkoniyati esa bor-yo‘g‘i 8% ga baholandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik g‘olibi finalda «Arsenal» jamoasi bilan kuch sinashadi.













