Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Shveysariya Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

Shveysariya Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Shveysariya 2038-yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarini qabul qilish uchun hozircha yagona nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda Milanda o‘tkazilgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sessiyasida qishki Olimpiya o‘yinlari mezbonini aniqlash bo‘yicha komissiya raisi Karl Shtoss ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariyani 2038-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari mezboni sifatida rasman tasdiqlash masalasi 2027 yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan XOQ sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Shveysariya hukumati va parlamenti 2026 yil davomida Olimpiadani moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishi lozim.

Shtossning ta’kidlashicha, agar hozirgi muzokaralar tashkiliy masalalar bo‘yicha kelishuv bilan yakunlanmasa, XOQ o‘yinlarga mezbonlik qilish istagini bildirgan boshqa davlatlar bilan ham muzokaralarni boshlashi mumkin.

2038-yilgi Olimpiya konsepsiyasiga ko‘ra, musobaqalar uchta klasterda o‘tkaziladi. Ularning markazlari sifatida Lyusern, Sankt-Moris va Lozanna shaharlari belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari 6–22 fevral kunlari Italiyada bo‘lib o‘tadi. 2030-yilgi o‘yinlarga Fransiya Alp tog‘lari mezbonlik qiladi, 2034-yilgi qishki Olimpiya esa AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:47, 04.02.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик