Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Gvardiola Tonali bilan nima haqida gaplashganini aytdi

Gvardiola Tonali bilan nima haqida gaplashganini aytdi

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni "Manchester Siti" va "Nyukasl" klublari Liga kubogi yarim final javob uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv "shaharliklar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xosep Gvardiola jamoasi umumiy 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi va u yerda "Arsenal" bilan o‘ynaydi.

Bugungi bahs yakunlangach, ispaniyalik murabbiy Sandro Tonali bilan suhbatlashdi. Jurnalistlar murabbiydan ushbu epizodga oydinlik kiritishni so‘rashdi.

"Italyan tilini mukammal bilaman, shuning uchun Tonali bilan bemalol gaplasha olaman. Breshiyalik ajoyib umumiy do‘stimiz bor - Edoardo Piovani. Biz Sandro bilan doim gaplashib turamiz, men uning otasini anchadan beri bilaman. Uning "Milan"dagi tajribasi, muxlislar va "Nyukasl"dagi baxti haqida gaplashdik. Tonali - top-futbolchi", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Italiyalik futbolchi 2023 yilning yozida "Milan"dan "Nyukasl"ga o‘tgandi.

Kiritildi: 07:34, 05.02.2026.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик