Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Atletiko»da yo‘qotish yuz berdi

«Atletiko»da yo‘qotish yuz berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi «Betis»ga qarshi kechadigan kubok bahsi oldidan tarkibda yo‘qotishga uchradi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tayanch va markaziy yarim himoya chizig‘ida harakat qiluvchi Jonni Kardozo mushaklaridagi jarohat sababli 5 fevral kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadigan o‘yinga bormaydigan bo‘ldi. Avvalroq Antuan Grizmann ham aynan shunday tashxis bilan madridliklarning 3 ta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

Bu Kardozo uchun joriy mavsumdagi birinchi jarohat emas. Ushbu muammo futbolchining eng barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan davriga — ketma-ket 8 ta uchrashuvda ishtirok etganidan keyingi paytga to‘g‘ri keldi. 25 yoshli amerikalik futbolchi mavsum davomida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka olishga ulgurgan edi.

Kiritildi: 17:14, 05.02.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик