Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Ispaniya kubogi. «Atletiko» «Betis»ni yer bilan bitta qildi

Ispaniya kubogi. «Atletiko» «Betis»ni yer bilan bitta qildi

Baho:
+ | -

«Atletiko» Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida safarda «Betis»ni tor-mor keltirdi — 5:0.

12-daqiqada David Gansko hisobni ochdi. 30-daqiqada madridliklarning ustunligini Juliano Simeone ikkitaga oshirdi. 37-daqiqada esa Ademola Lukman uchinchi golni urdi — bu gol Lukman uchun «Atletiko» libosidagi debyut gol bo‘ldi.

To‘rtinchi golni 62-daqiqada Antuan Grizmann o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni esa 83-daqiqada Tyago Almada o‘rnatdi.

«Atletiko» Ispaniya Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq ushbu bosqichga «Barselona», «Real Sosyedad» va Bilbaoning «Atletik» jamoalari yo‘llanma olgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:43, 06.02.2026.
O'qildi: 1515 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик