Kirish Ro'yxatdan o'tish

Frank Romeroga baho berdi

Frank Romeroga baho berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa sardori Kristian Romero haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kuti — juda ehtirosli inson va maydonda bor kuchini beradi. U doim g‘alaba qozonishni istaydi, shu sababli ba’zida jahl ustida o‘zini tuta olmay qoladi. Ammo u o‘z ishini juda yaxshi uddalamoqda», — deya Frankning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 27 yoshli argentinalik himoyachi barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Romeroning «shporlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:48, 06.02.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик