Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jeymi Karrager: "Gvardiola nafaqat g‘olib, balki futbolni o‘zgartirgan inqilobchi"

Jeymi Karrager: "Gvardiola nafaqat g‘olib, balki futbolni o‘zgartirgan inqilobchi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ayrim murabbiylar g‘alaba qozonganlari uchun afsonaga aylanishadi. Boshqalari esa o‘yinni o‘zgartirib, uni yangi bosqichga olib chiqishadi. Gvardiola o‘zida bularning barchasini birlashtirgan: u sovrinlarni shunday tarzda qo‘lga kiritadiki, uning qoldirgan merosi o‘zi boshqargan klublar chegarasidan ancha chetga chiqib ketadi", - dedi ekspert.

Ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" boshqaruvini 2016 yilda o‘z qo‘liga olgan edi. Gvardiola ingliz klubi bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va olti karra Angliya chempioniga aylandi.

APLning joriy mavsumida "Manchester Siti" 47 ochko jamg‘ardi. Gvardiola jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan olti ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 16:22, 06.02.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик