Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Slotning fikriga qo‘shilmadi: "Sovrinlarsiz chiroyli o‘yinning foydasi yo‘q"

Gvardiola Slotning fikriga qo‘shilmadi: "Sovrinlarsiz chiroyli o‘yinning foydasi yo‘q"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot chiroyli futbol u uchun sovrinlardan ko‘ra muhimroq ekanligini ta’kidladi. "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola hamkasbining bu fikriga o‘z munosabatini bildirdi.

"Agar murabbiy bo‘lib ishlashni istasang, doim sovrinlar yutish yaxshiroq. Har doim ham chiroyli o‘yin ko‘rsatish imkoniyati bo‘lavermaydi. Menimcha, hamma narsa bir-biriga bog‘liq: qachonki g‘alaba qozonsang, demak, deyarli har doim yaxshi futbol ko‘rsatayotgan bo‘lasan. Sen futbolchilaring o‘zlariga eng mos keladigan tarzda, ya’ni sening qalbing ishonib turgan uslubda g‘alaba qozonishlarini istaysan. Haqiqatan ham bu eng muhim narsa deb hisoblayman", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Liverpul" va "Manchester Siti" yakshanba kuni, 8 fevral kuni Premyer-liga doirasida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 22:55, 06.02.2026.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик