Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Klublar yanvar oyidagi transferlar uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

Klublar yanvar oyidagi transferlar uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyidagi transfer oynasida erkaklar professional futbol klublari xaridlar uchun 1 milliard 900 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil yanvarida erkaklar professional futbolida 5 ming 900 dan ortiq xalqaro transfer ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatkich qishki transfer oynalari tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, bir yil avval o‘rnatilgan rekorddan 3 foizga ko‘p. Shu bilan birga, umumiy transfer xarajatlari 2025 yil yanvariga nisbatan taxminan 18 foizga kamaygan, biroq 2023 yil yanvar ko‘rsatkichlaridan 20 foiz yuqori bo‘lgan.

Erkaklar futbolida transfer xarajatlari bo‘yicha Angliya klublari yetakchilik qildi. Ular yangi futbolchilar xaridi uchun 360 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflagan. Shuningdek, eng ko‘p xarajat qilgan davlatlar beshligiga Italiya, Braziliya, Germaniya va Fransiya chempionatlari kirdi.

Ayni paytda, Fransiya klublari transferlardan eng katta daromad olgan mamlakat bo‘ldi — 215 million AQSH dollaridan ortiq. Keyingi o‘rinlardan Italiya, Braziliya, Angliya va Ispaniya klublari joy oldi. Erkaklar futbolida eng ko‘p kiruvchi transferlar Braziliyada qayd etildi, undan keyin Ispaniya, Argentina, Angliya va Portugaliya joy olgan. Eng ko‘p chiqish transferlari esa Argentinada bo‘lib, undan so‘ng Angliya, Braziliya, Ispaniya va AQSH joylashgan.

Ayollar professional futbolida ham 2026 yil yanvar oyi transfer oynasi xarajatlar bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Klublar ilk bor transferlar uchun 10 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil yanvariga nisbatan 85 foizdan ko‘proqqa oshgan. Ushbu muddat ichida jami 420 dan ortiq xalqaro transfer amalga oshirilgan bo‘lib, bu bir yil avvalgi natijadan qariyb 6 foizga kam.

Ayollar futbolida ham Angliya klublari eng yirik xaridorlar amalga oshirgan bo‘lib, 5 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflagan va eng ko‘p kiruvchi transferlarni amalga oshirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:49, 06.02.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик